NP 11:37 (SKO‘) Suyuq kompleksli o‘g‘it
Suyuq azot-fosforli o‘g‘it, an’anaviy donador fosforli o‘g‘itlarga nisbatan, ayniqsa, kalsiy karbonati yuqori bo‘lgan tuproqlarda fosforning o‘simliklar tomonidan eng yuqori darajada o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Bargidan oziqlantirishda turli ekinlarda yaxshi qo‘shimcha hosil olishni ta’minlaydi. Qurg‘oqchilik sharoitida eng samarali va xo‘jaliklarda saqlash uchun qulay.
Xususiyatlari
SKO‘ dan foydalanish qulay bo‘lib, ular asosida suyuq o‘g‘itlar aralashmasi tayyorlanadi. Suyuq o‘g‘itlar qo‘llanilganda tuproqqa oziq elementlari bir tekisda solinadi. Suvda eriydigan o‘g‘itlar ochiq va yopiq yerlarda o‘g‘itlashda ishlatiladi. Ushbu assortimentdagi mahsulotlar vegetatsiya davrida fosforli oziqlanishni to‘g‘rilash zarur bo‘lganda ildizdan tashqari oziqlantirishni amalga oshirish uchun ham juda mos keladi.
AFZALLIKLARI
- Samarali past dozalarda qo‘llash
- Barg va ildiz oldi oziqlantirish uchun mos
- Uzoq muddatli fosforli oziqlanishni ta’minlaydi
- Keng qo‘llash muddatlari
- Yuqori samarali fosforli o‘g‘it
- Suyuq shakl tuproqda erishi uchun namlik talab qilmaydi.
Xususiyatlari
| Zichlik, kg/L | 1,44 |
| Konversiya darajasi, % | ≥ 57 |
| Qo‘llash dozasi, l/ga | 30–70 |
| TARKIBI: | |
| N | 11% |
| P₂O₅ | 37% |
| Suvda eruvchanligi, % | 100% |
| Sitratda eruvchanligi, % | 100% |
| K₂O | |
| S | |
| Zn | |
| B | |
| MgO | |
| CaO | |
| QO‘LLASH: | |
| Qachon | Kuzda Bahorda Yozda |
| Qanday qilib | Asosiy o‘g‘itlash Urug‘ sepishda Ildiz va barg orqali oziqlantirish |
| Qanday ekinlar uchun | Hamma uchun |
| Qanday tuproqlar uchun | Hamma tuproq turlari uchun |